Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bir sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 500 mingdan ortiq holat qayd etildi
Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazining ma’lumot berishicha, mamlakatda yangi holatlarning 40 foizdan 70 foizgachasi omikron shtammiga to‘g‘ri keladi.
AQShda o‘tgan sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 512 ming 533 ta yangi holatlar qayd etildi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazining (CDC) ma’lumot berishicha, mamlakatda yangi holatlarning 40 foizdan 70 foizgachasi omikron shtammiga to‘g‘ri keladi.
Xabarga ko‘ra, dushanba kuni ham koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq yarim milliondan ortiq holat aniqlangan, lekin bu galgisi pandemiya boshlanganidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Avvalroq Buyuk Britaniyada oxirgi 24 soat ichida 189 ming 213 kishida kasallik aniqlangani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:02 / 10.08.2023
JSST koronavirusning yangi «Eris» turi haqida xabar berdi
18:41 / 09.01.2023
Virusologlar yangi turdagi «kraken» koronavirusining xususiyatlarini ma’lum qilishdi
10:25 / 04.12.2022
SSV: O‘zbekistonda omikronning yangi varianti dominant versiyaga aylandi
14:05 / 21.10.2022