Buyuk Britaniyada sutkalik koronavirus yuqtiriş holatlari böyiça rekord qayd etildi: oxirgi 24 soat içida 189 ming 213 kişida kasallik aniqlandi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Oxirgi sutkada şifoxonaga yotqiziş va ölim holatlari soni ham ösganligi aytilmoqda.

Çorşanba kuni 183 ming 37ta holat qayd etilgandi. 

Ekspertlarning ogohlantirişiça, kunlik körsatkiçlar kasallikni qayta yuqtiriş holatlarini öz içiga olmagan. Bundan taşqari, infeksiya yuqtirganlarning hammasida ham simptomlar mavjud emas va ular test topşirmayapti. Bu esa haqiqiy kasallanganlar soni yanada köproqligini bildiradi.

22 dekabrda Britaniyada ilk bor kunlik kasallaniş holati 100 mingdan oşgandi.