Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerga bo‘lgan huquqlar bo‘yicha ma’muriy hujjatlar faqat sud tartibida bekor qilinadi
Xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni so‘zsiz ta’minlash rejalashtirilmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq barcha ma’muriy hujjatlarni qat’iy ravishda faqat sud tartibida bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish amaliyotini joriy etish mo‘ljallanmoqda.
Iqtisodiy sudlarda mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan regressiv (kamayib boruvchi) davlat boji stavkalarini qo‘llash nazarda tutilgan.
Ko‘chmas mulk va unga taalluqli huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflik tamoyilini joriy etish maqsadida ko‘chmas mulk ommaviy davlat reyestri va ko‘chmas mulk ommaviy davlat kadastri xaritasi joriy etiladi.
Xususiy mulk ustuvorligi asosiy tamoyil sifatida belgilanadi. Bunda:
davlat idorasining rasmiy ma’lumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimi joriy etiladi;
insofli egallovchining mulkiy huquqlarini kafolatlash va mulkdorning buzilgan huquqlarini tiklashning moliyaviy mexanizmlari qo‘llanadi.
Mavzuga oid
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026