Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada olti yoshdan katta bolalarga niqob taqish majburiy etib belgilandi
Ma’lumot berilishicha, o‘tgan sutkada mamlakatda 232 ming kishida koronavirus aniqlangan.
Fransiyada koronavirusning “omikron” shtammi tarqalishi holatlari keskin oshgani sababli olti yoshdan katta bolalarga jamoat joylarida niqob taqish majburiy etib belgilandi.
Avvalroq ushbu talab 11 yoshdan katta bolalarga joriy etilgandi.
Hukumat qarori 3 yanvardan kuchga kiradi. Bolalardan jamoat muassasalari, ibodatxona, oshxona, transport, sport maydonchasi, yopiq bozorlar va vokzallarda niqob taqish talab qilinadi.
Parijda 31 dekabrdan ko‘chada niqob taqish majburiy etib belgilangandi. Bunday talab boshqa yirik shaharlarda ham joriy etildi.
Ma’lumot berilishicha, o‘tgan sutkada Fransiyada 232 ming kishida koronavirus aniqlangan. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq qariyb 10 million holat qayd etilgan, 123 mingdan ziyod bemor vafot etgan. Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veranning so‘zlariga ko‘ra, har soniyada ikki nafar fransuz koronavirus yuqtirmoqda.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026