Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda infratuzilmani rivojlantirish uchun yangi bank tashkil etiladi
Hududlarda sanoat va infratuzilmani rivojlantirish uchun “Taraqqiyot banki” tashkil etiladi. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Qayd etilishicha, xalqaro moliya institutlaridan O‘zbekiston taraqqiyot banki tashkil etish bo‘yicha konsultativ maslahat olinadi. O‘zbekiston taraqqiyot bankini tashkil etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va takliflar ishlab chiqiladi. O‘zbekiston taraqqiyot bankini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillari o‘rtasida o‘zaro tashqi iqtisodiy aloqalar o‘rnatiladi, jumladan Sirdaryo viloyati Xitoy, Surxondaryo viloyati Rossiya hamda Jizzax viloyati Hindiston bilan investitsiya va tashqi savdo aloqalarni rivojlantiradi.
Ishlab chiqilgan tayyor biznes loyihalar portfellari xorijlik hamkorlarga taqdim etiladi. Hududga biriktirilgan davlatlardagi yirik kompaniyalar uchun viloyat salohiyatini to‘liq yoritish hamda investorlarning viloyatga tashrifini amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatiladi. Hududga biriktirilgan elchixonalar bilan hamkorlik qilish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Surxondaryo viloyatida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari boshchiligida respublika darajasidagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega “Investorlarga ko‘mak markazi” tashkil etiladi. “Investorlarga ko‘mak markazi”ni tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqiladi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan “Biznesga ko‘maklashish markazi” tashkil etilib, tadbirkorlar biznes yuritishga o‘rgatiladi. “Biznesga ko‘maklashish markazi” tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Toshkent shahrida “Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi” tashkil etiladi. Markaz Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Loyihalarni ishlab chiqish markazi huzurida tashkil etiladi va markazga rahbarlik qilish vazifasi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi rahbari zimmasiga yuklanadi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Loyihalarni ishlab chiqish markazi xodimlarining umumiy soni doirasida mazkur markazga shtat birliklari ajratiladi.
Toshkent shahrining har bir tumanida “Innovatsiya va texnologiya markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. “Innovatsiya va texnologiya markazi”ni tashkil etish bo‘yicha tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Tuman hokimliklari binolarida “Innovatsiya va texnologiya markazi” uchun maxsus xonalar ajratiladi hamda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan zarur kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, internet va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.
Toshkent shahrida 2022 yildan boshlab har yili “Toshkent xalqaro investitsiya forumi” o‘tkazib boriladi. Bunda, “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ni o‘tkazish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlanadi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Mavzuga oid
08:02 / 16.05.2026
Vetnam tarixidagi eng qimmat megaloyihaga qo‘l urmoqda
14:17 / 27.02.2026
Toshkent – Termiz yo‘nalishiga tezyurar poyezdlar qo‘yiladi
12:53 / 24.02.2026
Andijon viloyatida infratuzilma loyihalari moliyalashtirilishi kuchaytiriladi
16:46 / 02.02.2026