Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston aholi soni o‘sishi bo‘yicha sobiq ittifoq mamlakatlari orasida ikkinchi o‘rinni egalladi
Aholi soni o‘sishi bo‘yicha yuqori beshlikdan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rin olgan: Tojikiston (76,6 foiz), O‘zbekiston (63,4 foiz), Turkmaniston (59,2 foiz) va Qirg‘iziston (47,7 foiz).
SSSR tarqalib ketganidan so‘ng o‘tgan 30 yil davomida aholi soni o‘sishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Tojikistonda qayd etildi, deb yozadi «Strana» nashri.
Ma’lumot berilishicha, bu davr mobaynida Tojikiston aholisi 76,6 foizga ko‘paygan.
Eng yuqori to‘rtlikdan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rin olgan: O‘zbekiston (63,4 foiz), Turkmaniston (59,2 foiz) va Qirg‘iziston (47,7 foiz).
Shuningdek, Ozarboyjon (40 foiz) va Qozog‘istonda (14 foiz) ham aholi soni o‘sishi kuzatilgan.
Eng kam tug‘ilish ko‘rsatkichlari Boltiqbo‘yi mamlakatlarida qayd etilgan. O‘tgan davr mobaynida Latviyada aholi 28,3 foizga, Litvada 24,5 foizga kamaygan.
Ulardan keyingi o‘rinlarda Gruziya (-23,2 foiz), Ukraina (-20 foiz), Armaniston (-15,5 foiz), Estoniya (-14,7 foiz), Moldova (-12 foiz), Belarus (-7,8 foiz) va Rossiya (-2,9 foiz) joylashgan.
Mavzuga oid
11:05 / 29.06.2026
O‘zbekistonda aholisi eng kam hududlar ma’lum bo‘ldi
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
11:30 / 08.06.2026
O‘zbekiston aholisi o‘rtacha necha yoshda?
11:48 / 16.04.2026