Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda uy olib berishini aytib fuqaroning 80 ming dollar pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Getty Images
Termiz shahrida, uy olib berish va boshqa va’dalarni berib fuqaroning 80 ming dollar pulini o‘zlashtirib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
2021 yil 16 dekabr kuni Termiz shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shaharning Yulduz mahallasida yashovchi, T.Sarvar IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
T.Sarvarning arizasiga ko‘ra, 2018 yildan 2020 yil oktyabrgacha avvaldan tanish bo‘lgan, shaharning Jayxun mahallasida yashovchi A.Dilshod unga Termizda qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan olib berishni hamda qolgan pullarni saqlab turishni va’da qilib, yashash xonadoni hamda shahardagi turli banklar orqali Rossiya Federatsiyasidan yuborilgan jami 80 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritib, o‘zining shaxsiy ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 16 dekabr kuni A.Dilshodga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
11:36
14 ta soxta YTH va “jabrdiyda” Malibu’lar: Toshkentda sug‘urta firibgarligi sxemasi fosh qilindi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026