Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXA Jizzax viloyat boshqarmasi rahbari Zomin tumanidagi mahallaga hokim yordamchisi etib tayinlandi
Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi rahbari Bobur Umrzoqov Zomin tumanidagi mahallaga hokim yordamchisi bo‘lib o‘tgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 5 yanvar kuni Jizzax shahar Davlat xizmatlari markazi majlislar zalida jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilgan. DXA Jizzax viloyat boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Bobur Umrzoqov Zomin tumani «Peshag‘or» MFYda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha joriy etilgan hokim yordamchisi vazifasiga tayinlangani sababli o‘z vazifasidan ozod qilingan.
Uning o‘rniga shu vaqtgacha Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Akmal Ergashev DXA Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i sifatida tanishtirilgan.
Mavzuga oid
09:54
O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimi yanada soddalashtiriladi
18:50 / 16.07.2026
Avtomobil va ko‘chmas mulkni sotish yo garovga qo‘yishni MyGov orqali taqiqlash imkoniyati yaratiladi
11:56 / 06.06.2026
Qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi
15:51 / 12.05.2026