Jahon | 17:20 / 07.01.2022
23640
2 daqiqa o‘qiladi

«Nur-Sultonda hammasi tinch, Olmaotada odamlar ko‘chaga chiqishmayapti» – qozog‘istonlik jurnalist so‘nggi voqealar haqida

Qozog‘istondagi holat nafaqat qo‘shni davlatlarni, balki dunyo afkor ommasining diqqatini tortdi. Markaziy Osiyodagi yetakchi iqtisodiyot bo‘lgan mamlakatdagi namoyishlar ortidan kelib chiqqan tartibsizliklar haqida qozog‘istonlik jurnalist Madina Imanaliyeva o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

© Valeriy Sharifulin/TASS

Poytaxtdagi holat

Astanada (Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahri hanuz ko‘pchilik tomonidan eski nomi bilan ataladi – tahr.) hammasi tinch. Namoyishlar poytaxtda kuzatilmadi. Lekin odamlarda tabiiy hadik va xavotir bo‘ldi. Nazorat kuchaytirildi.

Transport, tashkilotlar faoliyati

Transport bir maromda qatnab turibdi. Lekin odam gavjum emas. Banklar ishlayapti, ammo aloqa yo‘qligi uchun kartalardan to‘lovlar qabul qilinmayapti. Bankomatlarda katta navbatlar bor, lekin birdaniga 10 ming tengedan ortiq naqd pul berilmayapti. «Kaspiybank» bankomatlari o‘chirilgan.

Do‘konlar

Tadbirkorlarning aksariyati do‘konlardagi mahsulotlarni zudlik bilan yig‘ishtirib ketishyapti. Aholi zarur narsalarni ko‘p miqdorda xarid qilayotgan oziq-ovqat do‘konlarida alkogol peshtaxtalari bo‘shatib qo‘yilgan, spirtli ichimliklar olib tashlangan.

Aloqa

Aloqa ma’lum muddat butkul uzildi. Uch kun o‘tib endi tiklandi. Lekin qator saytlar, jumladan, Telegram ilovasiga ham faqat VPN orqali kirishga to‘g‘ri kelyapti. Bugungi kunga kelib hammasi iziga tusha boshladi.

Olmaotada vaziyat murakkab

Olmaotada hammasi juda jiddiy kechdi. Odamlar uch kun uydan chiqishmadi. Butun dunyodagi, xususan O‘zbekistondagi do‘stlarimiz xavotirlanib yozishmoqda. Biz ham tinchlik istaymiz, tezroq hammasi iziga tushib ketadi, deb umid qilamiz.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid