Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyadagi ko‘lda sayyohlar ustiga qoyaning bir qismi quladi (video)
Braziliya janubi-sharqidagi Furnash ko‘lida sharshara yaqinida qoyaning bir qismi qayiqlarda sayr qilayotgan sayyohlar ustiga qulab tushishi oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi. Yana uch kishi bedarak yo‘qolgan, 32 kishi jarohatlangan. Yaralanganlarning to‘qqiz nafari og‘ir ahvolda shifoxonada qolmoqda.
Hodisa ro‘y bergan vaqtda turistlar sharsharani tomosha qilayotgan bo‘lgan. Kutilmaganda qoyatoshdan katta toshli bo‘lak ajralgan va suvdagi bir necha qayiq ustiga tushgan, ko‘lda katta to‘lqin ko‘tarilgan.
Bu holat videosi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Videoda motorli qayiqlardan biri cho‘kib ketgani, qolganlari qochib qutulganini ko‘rish mumkin.
Politsiyachilar jurnalistlarga xabar qilishicha, tosh qulashidan yana uch qayiq ziyon ko‘rgan. Bu hodisa mahalliy vaqt bilan 8 yanvar kuni soat 11:00da ro‘y bergan.
Reuters agentligining yozishicha, bungacha ikki hafta mobaynida Braziliya sharqidagi Minas-Jyerays shtatida kuchli yomg‘irlar yog‘gan, suv toshqinlari yuzaga kelib, 17 mingdan ortiq kishini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgandi. Qutqaruvchilarning aytishicha, bu qoyaning bir qismi ko‘chishining asosiy sababi hisoblanadi.
Tabiiy landshaftning yemirilishda davom etishi istisno qilinmayapti. Voqea yuzasidan tergovga mamlakat harbiy-dengiz kuchlari jalb qilingan.
Furnash ko‘li 1958 yilda gidroelektrostansiya qurilishi vaqtida paydo bo‘lgan va sayyohlar ko‘p tashrif buyuruvchi maskanlardan biriga aylangan. Ko‘l San-Pauludan taxminan 420 km masofada joylashgan.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026