Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar ortishi davom etmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyat tobora murakkablashayotgani, so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 369 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani, pandemiya boshidan buyon jami kasallanish holatlari soni 200 mingdan oshgani haqida xabar berdi.
«2022 yil 8 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 200341 (+369) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 14 nafari Andijon viloyatida,
- 7 nafari Buxoro viloyatida,
- 15 nafari Jizzax viloyatida,
- 4 nafari Navoiy viloyatida,
- 6 nafari Namangan viloyatida,
- 42 nafari Samarqand viloyatida,
- 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 7 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 16 nafari Xorazm viloyatida,
- 56 nafari Toshkent viloyatida,
- 195 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 6 nafar,
- Buxoro viloyatida 4 nafar,
- Jizzax viloyatida 8 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
- Namangan viloyatida 7 nafar,
- Samarqand viloyatida 40 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
- Xorazm viloyatida 8 nafar,
- Toshkent viloyatida 14 nafar,
- Toshkent shahrida 22 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197073 (+121) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarning 2 nafari vafoti etib, rasmiy statistikaga ko‘ra kasallikdan vafot etganlar soni 1494 nafarni tashkil qildi.
«Ma’lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi omikron shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Buning ortidan esa ko‘plab davlatlar keskin karantin choralarini qo‘llashga majbur bo‘lyapti.
Afsuski, so‘nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. To‘g‘ri, hali mamlakatimizda omikron shtammi aniqlangani yo‘q, biroq bu xotirjamlikka berilish uchun asos bo‘la olmaydi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab epidemiologik vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilib, kasallikka qarshi to‘liq emlanishlarini so‘rab qolamiz», deya qo‘shimcha qilingan vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda o‘tgan yilning so‘nggi oylarida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat sokinlashgan, 2022 yil 2 yanvar kuni kunlik holatlar soni 64tani tashkil etgandi — bu 2021 yilning 15 martidan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Bundan tashqari, ketma-ket sakkiz kun birorta ham o‘lim holati qayd etilmadi. Lekin keyingi kunlarda kasallanish holatlari ko‘tarila boshladi, 3 yanvar kuni 89 kishida, 4 yanvar kuni 90 kishida, 5 yanvar kuni 146 kishida, 6 yanvar kuni 251 kishida, 7 yanvar kuni 214 kishida koronavirus tasdiqlangan. Shu bilan birga, 7 yanvar kuni kunlik o‘lim holatlari 4taga yetgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT: G‘azoda issiq ovqat tarqatish miqdori 70 foizga kamaydi
Jahon | 07:29
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
Mavzuga oid

11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi

10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi

11:15 / 02.12.2022