Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda Isuzu avtobusi yo‘l chetida turgan Damas bilan to‘qnashib, uni ag‘darib yubordi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida Isuzu avtobusi yo‘l chetida turgan Damas bilan to‘qnashib, uni ag‘darib yuborgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 5 yanvar kuni soat 13:30 larda, 4R-18A avtomobil yo‘lining Mirzaobod tumani hududida Isuzu avtobusi va Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Gagarin-Guliston yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Isuzu avtobusi haydovchi D.K. ning ehtiyotsizligi tufayli yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan Damas mashinasining orqa tomoniga urilgan. Damas pastlikka ag‘darilib ketgan.
To‘qnashuv oqibatida, avtobus haydovchisi D.K. va 5 nafar yo‘lovchilari hamda Damas haydovchisi K.K. va yo‘lovchisi Z.Ch. turli daraja tan jarohatlari olgan va ularga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, mazkur YTH yuzasidan Mirzaobod tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
05:32
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026