Sport | 07:30 / 10.01.2022
10055
2 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. 7ta gol urilgan dramatik bahsda «Yuventus» «Roma» ustidan irodali g‘alabaga erishdi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

Italiya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Yuventus» Rimda «Roma» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Foto: Getty Images

1:3 hisobida ortda qolayotgan mehmonlar 7 daqiqa ichida 3ta gol urib, kambek qayd etishdi. Mezbonlar so‘nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo Pellegrinining penaltidan tepgan to‘pini Shchensni bartaraf etdi.

Rimliklar safida o‘zbekistonlik forvard Eldor Shomurodov 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

«Yuventus» ochkolarini 38taga yetkazib, 5-o‘rinni mustahkamlab oldi. «Roma» 32 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.

Shuningdek, tur doirasida Shevchenko boshqaruvidagi «Jyenoa» (12, 19-o‘rin) o‘z uyida «Spetsiya»ga (19, 16-o‘rin) imkoniyatni boy berdi.

A Seriya. 21-tur. 9 yanvar
Roma — Yuventus 3:4
Gollar: 
Abraham (11), Mxitaryan (48),  Pellegrini (53) — Dibala (18), Lokatelli (70), Kulusevski (74), De Shilo (77).
Amalga oshirilmagan penalti: Pellegrini (82).
Roma – Patrisiu, Smolling, Rojyer, Vinya, Mxitaryan, Veretu (Karles Peres, 78), Kristante, Pellegrini (Mayoral, 87), Meytlend-Naylz, Abraham, Afena-Gyan (Shomurodov, 71). 
Yuventus – Shchensni, Rugani, de Ligt, De Shilo, Lokatelli, Bentankur (Artur, 63), Makkenni, Kuadrado, Dibala (Kellini, 82), Ken (Morata, 64), Keza (Kulusevski, 32).
Ogohlantirishlar: Kuadrado (45), Veretu (50), Rojyer (51), de Ligt (52), Lokatelli (65), Kristante (76).
Chetlatish: de Ligt (81).

Jyenoa — Spetsiya 0:1
Gol:
 Bastoni (14).
Jyenoa – Sirigu, Kambyazo (Pandev, 46), Bani (Hefti, 46), Estigor, Vaskes, Fares, Badel (Portanova, 80), Sturaro, Melegoni (Rovella, 46), Destro, Ekuban (Kaysedo, 71). 
Spetsiya – Provedel, Amyan, Nikolau, Erlich, Bastoni, Kiver, Retsa, Majore (Kovalenko, 85), Jasi, Manay (Nzola, 78), Verde (Ferrer, 89).
Ogohlantirishlar: Ekuban (4), Destro (16), Vaskes (54), Manay (54), Majore (82), Amyan (90).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid