Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya harbiy razvedkasi boshlig‘i hibsga olindi
U maxsus xizmatlardan axborot sizib chiqib ketishida gumonlanmoqda.
Foto: Ida Guldb k Arensen/Ritzau/TT
Daniya harbiy razvedkasi (FE) boshlig‘i lavozimidan vaqtincha chetlashtirilgan Lars Findsen bir oydan ortiq vaqtdan buyon hibsda saqlanmoqda, deb xabar berdi g‘arb OAV.
Xabarlarga ko‘ra, u maxsus xizmatlardan axborot sizib chiqib ketishida gumonlanib hibsga olingan.
Daniya mudofaa vazirligi maxsus xizmatining 54 yoshli rahbariga qanday ayblov qo‘yilgani hozircha ma’lum qilinmayapti.
9 dekabrda Daniya politsiya xavfsizlik xizmati (PET) FE va PET tashkilotlarining to‘rt nafar xodimi o‘ta maxfiy ma’lumotlarni berishda gumonlanib hibsga olinganini xabar qilgandi.
DR va TV2 telekanallarining ma’lumot berishicha, hozirda faqat Findsen hibsda saqlanmoqda. U barcha ayblovlarni inkor qilmoqda.
Findsen 2015 yilda harbiy razvedka boshlig‘i lavozimiga tayinlangan, 2020 yil avgustda maxsus xizmatlar ustidan nazorat idorasining tanqidiy hisobotidan so‘ng lavozimidan vaqtincha chetlatilgandi.
Mavzuga oid
16:34 / 18.01.2026
Grenlandiya va Daniya aholisi Trampga qarshi namoyishga chiqdi
20:58 / 17.01.2026
Oq uy Daniyaning Grenlandiyani himoya qila olishiga shubha bildirdi
15:53 / 15.01.2026
Daniya va AQSh Grenlandiya masalasida murosaga kela olmadi
22:51 / 14.01.2026