Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘onistonga 308 mln dollar miqdorida gumanitar yordam ajratadi
Qo‘shma Shtatlar shuningdek, COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 1 mln doza vaksina taqdim etadi.
AQSh Afg‘onistonga gumanitar yordam sifatida qo‘shimcha 308 mln dollar va koronavirusga qarshi bir million doza vaksina ajratadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam sifatida 308 mln dollardan ortiq xayriya ajratilishini e’lon qiladi", - deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, AQSh shuningdek, COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 1 mln doza vaksina taqdim etadi.
Avvalroq BMT Afg‘onistonda qishda ochlikdan million bola nobud bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.
Mavzuga oid
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026