Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha rekord yangilandi
Mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari soni 61,5 millionga yaqinlashgan.
AQShda oxirgi sutkada COVID-19’ga chalinish bilan bog‘liq 1,3 milliondan ortiq holat aniqlandi. Bu haqda NBC News telekanali xabar bermoqda.
Telekanalning ma’lumot berishicha, o‘tgan sutkada 1 mln 343 ming 167 ta holat qayd etilgan.
Kanal hisob-kitobiga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirish holatlari soni 61,5 millionga yaqinlashgan.
Avvalgi rekord yanvar boshida qayd etilgandi. Jons Hopkins universiteti mamlakatda bir sutkada 1 million 82 ming holat aniqlangani to‘g‘risida ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026