Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arab koalitsiyasi Yamanni ozod qilish operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi
Ta’kidlanishicha, arab koalitsiyasi "husiylar Eron tomonidan harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanayotgani borasida rad etib bo‘lmas dalillarga ega".
Foto: REUTERS/Khaled Abdullah/File Photo
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yamanning "Ansar Alloh" (husiylar) harakati guruhlari tomonidan nazorat qilinayotgan hududlarini ozod qilishga qaratilgan keng ko‘lamdagi harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda alyans rasmiy vakili polkovnik Turkiy al-Malikiy ma’lum qildi.
"Biz Yamanni barcha frontlar va yo‘nalishlar bo‘ylab husiylardan ozod qilish kampaniyasini boshlaymiz", - deya al-Malikiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Al Hadath telekanali.
Uning ta’kidlashicha, "Ansar Alloh" tarafdorlari "mamlakatdagi nizoni siyosiy barqarorlashtirish jarayoniga putur yetkazmoqda va muloqotdan bosh tortmoqda".
Al-Malikiy koalitsiya "husiylar Eron tomonidan harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanayotgani borasida rad etib bo‘lmas dalillarga ega" ekanini ta’kidladi.
Dushanba kuni Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan harbiy otryadlar husiylar Yaman markazidagi Shabva viloyatidan butunlay quvib chiqarilganini ma’lum qildi.
Yamanda 2014 yil avgustdan beri hukumat kuchlari va husiylar o‘rtasida qarama-qarshilik davom etib kelmoqda. Ushbu ixtilofda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya hukumat kuchlarini qo‘llab-quvvatlab keladi.
Mavzuga oid
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
14:40 / 11.09.2025
Isroil Sano shahriga zarba berdi: 35 kishi halok bo‘ldi
15:23 / 31.08.2025
Husiychilar rahbari Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘ldi
23:03 / 24.08.2025