O‘zbekiston | 11:41 / 11.01.2022
7525
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni 400dan oshdi

SSV O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat jiddiylashayotgani, so‘nggi bir kunda poytaxt Toshkent shahrida 223 kishida koronavirus qayd etilgani haqida xabar berdi.

Foto: Kun.uz

«2022 yil 10 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201155 (+425) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 15 nafari Andijon viloyatida,
  • 8 nafari Buxoro viloyatida,
  • 21 nafari Jizzax viloyatida,
  • 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 47 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 8 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 22 nafari Xorazm viloyatida,
  • 43 nafari Toshkent viloyatida,
  • 223 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 12 nafar,
  • Buxoro viloyatida 1 nafar,
  • Jizzax viloyatida 14 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 20 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 8 nafar,
  • Samarqand viloyatida 24 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
  • Xorazm viloyatida 20 nafar,
  • Toshkent viloyatida 16 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197308 (+126) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1501 nafarni tashkil qildi.

«Ma’lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi omikron shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir.

Afsuski, so‘nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda omikron shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilib, kasallikka qarshi to‘liq emlanishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid