Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda YPX xodimi fuqaroning mashinasini jarima maydonchasiga olib ketayotganda YTHga uchradi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida YPX xodimi boshqaruvida bo‘lgan fuqaroga tegishli mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV YHXBB holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 8 dekabr kuni soat 11:40 larda, Qarshi shahar, Mustaqillik ko‘chasida haydovchi, 1985 yilda tug‘ilgan Sh.M. Damas mashinasini boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda bo‘lgan, YPX xodimi R.Tursunov boshqaruvidagi fuqarolardan biriga tegishli Lacetti mashinasining orqa tomoniga to‘qnashgan.
Oqibatda, YPX xodimi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti va Damas mashinalariga zarar yetgan. Bundan tashqari, Damas mashinasi yo‘lovchisi yengil tan jarohati olgan va unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026