Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Tojikiston rahbarining KXShT chegaralaridagi terrorchilar lagerlari haqidagi so‘zlarini rad etdi
Qayd etilishicha, "ayrim shaxslar xalqaro o‘yinchilar va qo‘shni mamlakatlarga haqiqatga mos kelmaydigan yolg‘on ma’lumotlar bermoqda".
"Tolibon" harakati Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning Afg‘oniston shimoli-sharqida, KXShT mamlakatlari chegarasida terrorchilar tayyorlanadigan lagerlar mavjudligi to‘g‘risidagi so‘zlarini rad etdi. Bu haqda toliblar hukumati axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Bilol Karimiy ma’lum qildi.
"Biz Tojikiston prezidentining Afg‘onistonda Tojikiston bilan chegaralarda buzg‘unchilik faoliyati olib borish uchun qator lagerlar tashkil etilgani to‘g‘risidagi so‘zlarini qat’iyan rad etamiz. Afg‘oniston islom amirligi qo‘shni mamlakatlarni chegaralarimiz xavfsizligi, bizning yerimizdan hech bir mamlakat, jumladan, Tojikistonga hech narsa xavf solmasligiga ishontiradi", - deb ta’kidladi u.
Karimiyning qo‘shimcha qilishicha, "afg‘onistonlik ayrim qochqinlar salbiy va buzg‘unchi qarashlarga ega, ayrim shaxslar esa xalqaro o‘yinchilar va qo‘shni mamlakatlarga haqiqatga mos kelmaydigan yolg‘on ma’lumotlar bermoqda".
Dushanba kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon KXShT rahbarlari onlayn-sammitida Afg‘oniston atrofida “xavfsizlik kamari” yaratishga chaqirgandi.
Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston chegaralarida KXShT alyansi chegaralariga hujum qilishga tayyor turgan olti mingga yaqin jangari bor.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026