23:51 / 11.01.2022
8774

Zelenskiy 2021 yil davomida 12,2 ming dollar maosh olgani ma’lum bo‘ldi

Ma’lumot berilishicha, Ukraina prezidenti 28 ming grivna (1020 dollar) miqdorida maosh oladi.

Foto: Bogdan Bortakov

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2021 yilda 336 ming grivna (12,2 ming dollar) maosh olgan. Bu haqda Ukraina ishlari davlat boshqarmasi ma’lum qildi.

"2021 yilda ish haqi 336 ming grivnani tashkil etdi, undan 65 ming 520 grivna (2,4 ming) soliq va yig‘imlarga to‘landi", - deyiladi boshqarmaning "24 kanal" telekanali so‘roviga yo‘llagan javobida.

Ma’lumot berilishicha, Zelenskiyning lavozim maoshi 28 ming grivnaga (1020 dollar) teng. U ustama va mukofot pullari olmagan.

Ukraina prezidenti jami daromadlari haqida 1 aprelgacha hisobot berishi lozim.

2020 yildagi deklaratsiyaga ko‘ra, Zelenskiy 815 ming dollar daromad topgan, o‘shanda ham uning maoshi 336 ming grivna bo‘lgan. 2019 yilda uning oilasi daromadi 1,06 mln dollarni tashkil etgan.

Top