O‘zbekiston | 07:47 / 12.01.2022
2514
2 daqiqa o‘qiladi

Atom energiyasi sohasi xodimlari muntazam attestatsiyadan o‘tkaziladi

Foto: APF

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish muddatlari, tartibi va ularni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
  • attestatsiyadan o‘tkazish tartibi, muddatlari, attestatsiya turlari hamda attestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimlar toifalari;
  • attestatsiya komissiyasining tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish;
  • attestatsiya natijalari bo‘yicha apellyatsiya berish va uni ko‘rib chiqish qoidalari.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularning malakasini oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasining markazlashtirilgan tartibda shakllantirilishini va yuritilishini ta’minlash topshirildi.

Xodimlarni davriy attestatsiyadan o‘tkazish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

  • ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning rahbarlari, ularning attestatsiya komissiyalari raislari va rais o‘rinbosarlari - besh yilda bir marta;
  • ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikning idoraviy (ishlab chiqarish) nazoratini, atom energiyasidan foydalanish sohasida texnologik jarayonni amalga oshiruvchi, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni hisobga olish va nazorat qilish, shuningdek, ularning jismonan himoya qilinishini ta’minlovchi, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar yoki ular asosidagi mahsulotlarni tashuvchi xodimlar, shuningdek, attestatsiya komissiyalari a’zolari - uch yilda bir marta;
  • muhandis- texnik va boshqa ishchi xodimlari - bir yilda bir marta.

Mavzuga oid