Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
“O‘simliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Foto: Getty Images
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan, o‘simliklar karantini obektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini hamda boshqa qoidalarni karantin ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash, realizatsiya qilish va yo‘q qilish chog‘ida buzish – fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (810 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga 5 baravarigacha (1 mln 350 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Karantin ostidagi mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish – fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha (1 mln 350 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga 10 baravarigacha (2 mln 700 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
“O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunga ham o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, fitosanitariyaga oid yuqori xavfga ega bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotni, shu jumladan ekish, payvandlash, ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan ekish materiallarini xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonda yashovchi fuqarolarga pochta va kurerlik jo‘natmalarida yuborish, shu jumladan bagajda va qo‘l yukida olib o‘tish taqiqlanadi.
Qonun 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
21:55 / 26.04.2026
Hayvonlar kasalliklari bo‘yicha karantin qoidalari tasdiqlandi
11:32 / 20.04.2026
Voyaga yetmaganlar xavfsizligiga doir yangi huquqiy normalar joriy etildi
09:02 / 28.03.2026
Chiqindilarni noqonuniy olib ketish uchun javobgarlik belgilandi
10:53 / 12.03.2026