19:31 / 13.01.2022
2672

Uzbekistan Airways Qozog‘iston shaharlariga parvozlarni 15 yanvardan qayta tiklaydi

O‘zbekiston shaharlaridan Olmaota, Aqto‘be va Aqtauga parvozlar qayta yo‘lga qo‘yilmoqda.

Foto: Kun.uz

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, 2022 yil 15 yanvardan boshlab, aviakompaniya Toshkent—Olmaota—Toshkent, Samarqand—Olmaota—Samarqand, Nukus—Aqto‘be—Nukus, Urganch—Aqtau—Urganch, Nukus—Aqtau—Nukus, Urganch—Aqtau—Urganch, Nukus—Aqtau—Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yadi.

Ta’kidlanishicha, Olmaota xalqaro aeroporti xalqaro qatnovlarni soat 08:00 dan 21:00 gacha (Olmaota vaqti bilan) qabul qiladi. Ushbu munosabat bilan Toshkent—Olmaota—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY–765/766 qatnovi 16 yanvar kuni bekor qilinadi, mazkur parvoz yo‘lovchilari 17 yanvar kuni Toshkent—Olmaota—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY–763/764 aviaqatnovi orqali manzilga yetkaziladi.

Ma’lumot uchun, Olmaota va Aqto‘be, Aqtau shaharlarida bekor qilingan (2022 yil 7-13 yanvar kunlari) qatnovlar yo‘lovchilari aviachiptaning to‘liq qiymatini xarid qilingan joyda qaytarib olish yoki istalgan boshqa bo‘sh sanaga bepul qayta bron qilish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istondagi namoyishlar tufayli dastlab 5 yanvar kunidan Aqtauga muntazam parvozlar bekor qilindi. Keyinroq Olmaota va Aqto‘bega rejalashtirilgan parvozlar ham amalga oshirilmadi.

Top