16:51 / 15.01.2022
19672

AQSh va NATO Rossiya bilan yangi muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi

Kreml 12 yanvar kuni Bryusselda o‘tkazilgan Rossiya-NATO kengashi uchrashuvini muvaffaqiyatsiz deb atadi.

Foto: Reuters

AQSh va NATO Rossiya bilan yangi uchrashuv o‘tkazishga tayyor. Bu haqda AQSh davlat departamenti ma’lum qildi.

"Davlat kotibi Entoni Blinken 12 yanvarda bo‘lib o‘tgan Rossiya-NATO kengashi yig‘ilishidan keyingi qadamlarni muhokama qilish uchun NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan suhbatlashdi. Qo‘shma Shtatlar va NATO Rossiya bilan yana uchrashuv o‘tkazishga tayyor hamda diplomatik hamkorlik va muloqot davom etishi tarafdori", - deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, "AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari diplomatik muloqotga urinish borasida yakdil va Rossiyani Ukrainaga nisbatan davom etayotgan tajovuzini to‘xtatish choralarini ko‘rishga chaqiradi".

12 yanvar kuni Bryusselda Rossiya-NATO kengashi uchrashuvi o‘tkazildi. Kreml muzokaralarni muvaffaqiyatsiz deb atadi.

Moskva Vashington va uning ittifoqchilaridan NATOni kengaytirmaslik, sobiq sovet mamlakatlari bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatish, Yevropadan AQSh yadro qurolini olib chiqib ketish, NATO kuchlarini 1997 yildagi joylashuviga qaytarishni talab qilmoqda. NATO esa bu talablarni bajarishni rad etmoqda.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top