O‘zbekistonda koronavirusning navbatdagi to‘lqini ko‘tarilishda davom etmoqda, vaziyat ayniqsa poytaxt Toshkentda murakkablashmoqda.
«2022 yil 15 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 205085 (+912) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
O‘zbekistonda bundan oxirgi yuqori ko‘rsatkich 2021 yilning 15 avgustida qayd etilgan, o‘shanda bir kunda 917 kishida virus aniqlangandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 18 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 24 nafari Andijon viloyatida,
- 24 nafari Buxoro viloyatida,
- 51 nafari Jizzax viloyatida,
- 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 7 nafari Navoiy viloyatida,
- 31 nafari Namangan viloyatida,
- 49 nafari Samarqand viloyatida,
- 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 12 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 25 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 38 nafari Xorazm viloyatida,
- 137 nafari Toshkent viloyatida,
- 456 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar,
- Buxoro viloyatida 6 nafar,
- Jizzax viloyatida 26 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 11 nafar,
- Navoiy viloyatida 4 nafar,
- Namangan viloyatida 19 nafar,
- Samarqand viloyatida 13 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 12 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 14 nafar,
- Xorazm viloyatida 29 nafar,
- Toshkent viloyatida 143 nafar,
- Toshkent shahrida 172 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 198745 (+462) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarning 2 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1515 nafarni tashkil qildi.