Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda beton to‘siqqa urilgan «Kobalt» haydovchisi voqea joyida vafot etdi
Yunusobod tumanida bir kishi o‘limi bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
17 yanvar kuni soat 23:43 larda "102" tizimidan tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 23:00 larda Yunusobod tumanida THAY ko‘chasida, haydovchi, 1975 yilda tug‘ilgan A.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib beton to‘siqqa urilgan.
Natijada, haydovchi A.A. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan, ushbu avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro – 1976 yilda tug‘ilgan A.U. “chap oyoq boldir bo‘g‘imi sinishi” tashxisi bilan 7-ShKShga yotqizilgan.
Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
15:21 / 03.06.2026
Guvohnomasi yo‘q ikki yigitchaning poygasi o‘limlar bilan tugadi
17:39 / 02.06.2026
Toshkentda BYD yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashdi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:35 / 26.05.2026