Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina prezidentlarini Turkiyaga taklif qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Turkiyada o‘zaro gaplashib olishga taklif qilgan. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalinga asoslanib «Anado‘lu» yozmoqda.
Turkiya prezidenti matbuot kotibi «Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvning Yevropa va NATOga ta’siri» mavzusida o‘tgan onlayn muloqot davomida bu mavzuga to‘xtalgan. Uning aytishicha, Erdo‘g‘an bu borada Putin va Zelenskiy bilan muloqot o‘tkazgan.
«Turkiya prezidenti Rossiya va Ukraina yetakchilarini keskinlikni yumshatish uchun Turkiyaga taklif qildi. Anqara Rossiya va Ukrainaga do‘st davlat sifatida ular orasida harbiy to‘qnashuvlar bo‘lmasligi uchun har qanday harakatga tayyor», deb Ibrohim Kalinning so‘zlarini keltirgan «Anado‘lu».
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini ta’kidlagan Turkiya prezidenti matbuot kotibi Erdo‘g‘an yaqin haftalarda Ukrainaga borishini ham ma’lum qildi.
Oldinroq Erdo‘g‘an Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish ehtimoli past ekanini aytgandi.
Mavzuga oid
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
20:57 / 13.07.2026