O‘zbekiston | 11:02 / 19.01.2022
1379
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda ota farzandlariga aliment o‘rniga uy berdi

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida ota farzandlariga aliment o‘rniga uy berdi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudining qaroriga ko‘ra, qarzdor F.F.dan undiruvchi A.A.ga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun daromadning ma’lum qismini undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.

MIB Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot tadbiridan so‘ng ota farzandlari uchun ular voyaga yetgunga qadar hisoblangan qarz o‘rniga hovli hadya qilgan.

Qayd etilishicha, undiruvchining arizasi, tushuntirish xati va notarius kelishuviga asosan ijro hujjati Qonunning 40-moddasi 1-qismiga asosan tamomlangan.

Mavzuga oid