Jahon | 20:36 / 20.01.2022
18477
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy, Rossiya va Eron qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Bu mazkur mamlakatlar harbiy-dengiz kuchlarining birgalikdagi uchinchi mashg‘uloti hisoblanadi.

Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

“Dengiz xavfsizlik kamari 2022” mashg‘ulotlari ertaga boshlanadi va Hind okeani shimolida bo‘lib o‘tadi.

Bu mazkur mamlakatlar flotlarining uchinchi qo‘shma mashg‘uloti hisoblanadi.

Mashg‘ulotlarda qancha harbiy va kemalar qatnashishi haqida ma’lumot berilmagan.

Shu bilan birga, fevralda Rossiya va Belarus hamkorligida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid