Jizzaxda qo‘shnisining uyidan turli buyumlarni o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jizzax shahrida qo‘shnisining uyidan turli buyumlarni o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor protsessual tartibda ushlangan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.
2022 yilning 17 yanvar kuni Jizzax shahrida yashovchi 66 yoshli Q.Q. shahar IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida joriy yil 2 yanvardan 16 yanvar kunigacha Jizzax shahri Madaniyat mahallasida joylashgan yashash uyidan noma’lum shaxslar 1,2 million so‘mlik Roison televizorini, 400 ming so‘mlik Vitek mikroto‘lqinli isitkichini hamda 600 ming so‘mlik Vitek elektr isitkichni o‘g‘irlab ketganini bildirib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam bir necha marotaba sudlangan, jabrlanuvchi bilan bir ko‘chada yashab kelayotgan 38 yoshli S.R. sodir etgani aniqlanib, undan fuqaro Q.Q.ga tegishli bo‘lgan Roison televizori, Vitek mikroto‘lqinli isitkich xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.R. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:39 / 21.11.2024
SSSR tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik: qatl etilgan amakivachchalar
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
18:20 / 24.08.2024