Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 3 ta mashina to‘qnashdi
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yil 21 yanvar kuni soat 20:00 larda, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Nurafshon-Ohangaron” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
Bunda, 1996 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli, 1997 yilda tug‘ilgan G.A. boshqaruvidagi “Vaz-2107” rusumli va 1994 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Hodisa natijasida, “Vaz 2107” rusumli avtomobil haydovchisi G.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026