«Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunga kiritilgan yangi 27-1-modda 16 apreldan qonuniy kuçga kirdi.

Bu moddaga asosan, ijtimoiy tarmoqlar va internet servislar Özbekiston fuqarolarining şaxsiy ma'lumotlarini jismonan Özbekistonda joylaşgan serverlarda saqlaşlari şart.

Bugun, 12 may kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Innovatsion rivojlaniş, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qömitasi ötkazgan yiğilişda deputatlar bu norma kuçga kirganiga 1 oy bölgan bölsa-da, vakolatli davlat organi tomonidan mazkur soha böyiça «közga körinadigan natijalarga erişilmagani» bois «jiddiy e'tiroz» bildirgan.

Foto: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi axborot xizmati

Palata axborotiga köra, majlisda Davlat personallaştiriş markazi direktori Uluğbek Toşxöjayev söz olgan.

Foto: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi axborot xizmati

Toşxöjayevning aytişiça, Özbekiston fuqarolarining şaxsiga doir ma'lumotlarni Özbekiston hududida joylaşgan texnik vositalarda yiğiş va saqlaşni ta'minlaş maqsadida xorijda faoliyat yuritayotgan «Facebook Inc.» (Facebook Messenger, Instagram, WhatsApp), Google (Google Messenger, YouTube), Mail.ru (Vkontakte, Odnoklassniki), Microsoft (Skype), Telegram, Tencent (Wechat), TikTok, Twitter, Yandex kabi kompaniyalarga qonunçilik talablarini bajariş haqida murojaat-xatlar yuborilgan.

Şuningdek, pd.gov.uz axborot tizimi orqali şaxsga doir ma'lumotlar bazalarining mulkdor va operatorlari davlat reyestriga kiritilmoqda.

Ta'kidlanişiça, deputatlar «sönggi yillarda yuqorida nomlari keltirilgan ijtimoiy tarmoqlar va internet kompaniyalarga turli xil kiberhujumlar uyuştirilişi oqibatida millionlab insonlar, qolaversa Özbekiston fuqarolarining şaxsiy ma'lumotlari ham öğirlanayotgani»dan xavotirda.

Şu bois ular qonunçilik talablarini öz vaqtida va sifatli bajariş böyiça Vazirlar Mahkamasi va Davlat personallaştiriş markaziga talab qöyişgan.