Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga subsidiyalar ajratiladi
Vazirlar Mahkamasi “Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Prezidentning “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 20 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi.
Mablag‘lar quyidagi xarajatlarning 50 foizini qoplab berishga sarflanadi:
- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlashga, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratishga, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
- oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilishga, lekin har bir loyiha uchun 50 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:
- oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiyalar ajratishga doir tartib-taomillar;
- tashabbuskorlarning subsidiya ajratish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari;
- tashabbuskorlarga subsidiya ajratishni rad etishning asoslari hamda ularning ariza bilan qayta murojaat qilish yoxud yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini jamg‘arma hisobidan qoplab berishga subsidiya ajratish Qishloq xo‘jaligi vazirligining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
16:35 / 15.06.2026
«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi». Bu qonuniy talabmi?
13:31 / 13.06.2026