Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Bu haqda FVV xabarida aytilgan.
Illyustrativ foto
Qayd etilishicha, 2022 yilning 28 yanvar kunidan 31 yanvar sanasigacha respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.
“Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va «Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz”, - deyiladi FVV axborotida.
Ma’lumot uchun, 28-29 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan Kaspiy dengizi va Turkmaniston orqali nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
Harorat va atmosfera bosimining nisbatan gradiyentlari vujudga kelishi kutilmoqda. Shuning hisobiga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining ba’zi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, natijada mazkur hududda chang bo‘roni va g‘uborlar kuzatilishi mumkin.
28-29 yanvarda respublika hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
23:08 / 18.04.2026
Qoraqalpog‘istonda YTH natijasida avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi
21:10 / 04.04.2026