Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5,5 mlrd so‘m. 280 ming xonadonning bir kunlik iste’moliga yetadigan tabiiy gaz o‘g‘irlangan
215ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 4 mln 900 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Energetika vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida, 2022 yil yanvar oyining 25 kunida respublika bo‘yicha 215ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 4 mln 900 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan. Buning natijasida gaz ta’minoti korxonalari manfaatlariga 5,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Ushbu hajmdagi tabiiy gaz 280 000ta xonadonning bir kunlik iste’molini tashkil etadi.
Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilda elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish kabi huquqbuzarliklar soni 86,4 foizga kamaygan.
Avvalroq, Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi 300 ming xonadonning bir kunlik iste’moliga teng tabiiy gazni o‘g‘irlagani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026