Hisobotda ushbu guruhning sog‘liqni saqlash, ta’lim, reabilitatsiya va yordamchi reabilitatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyatlari, mehnat bozori, infratuzilma, ijtimoiy himoya, COVID-19’ning ularga ta’siri, shuningdek, hukumat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning muammolarini hal qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlari baholanadi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha statistik ma’lumotlar

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning rasman e’lon qilingan soni aholining 2,1 foizini tashkil qiladi. Butun dunyo aholisining taxminan 15 foizi nogironlikning u yoki bu shakliga ega ekanligi hisobga olinsa, bu raqam yuqoriroq bo‘lishi kerak.

2019 yilning oxiridagi holat bo‘yicha O‘zbekistonda 693,9 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxs (295,5 ming nafar ayol va 398,4 ming nafar erkak), jumladan 111,3 ming nafar 16 yoshgacha bo‘lganlar (48,8 ming nafari qiz va 62,5 ming nafari o‘g‘il bolalar) pensiya va ijtimoiy nafaqa olgan.

Bu past rasmiy raqamlar nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash sohasida qo‘llanadigan O‘zbekistonda nogironlikni baholash va aniqlashning amaldagi cheklangan ta’rifiga ta’sir etuvchi eskirgan tizimi bilan izohlanishi mumkin. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mamlakat aholisining 3 va undan katta yoshdagi qariyb 13,5 foizi nogironlikning qaysidir shakliga, 3,5 foizi esa og‘ir nogironlikka ega bo‘lishi mumkin.

Tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati

Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, nogiron bolalar va kattalarning 25 foizi zarur tibbiy xizmatlarni olmaydilar, nogiron bo‘lmaganlarda esa bu ko‘rsatkich atigi 10 foizni tashkil qiladi. To‘lov bilan bog‘liq qiyinchiliklar, qayerdan olishni bilmaslik va boshqa omillar tufayli fuqarolarning ushbu toifasi shifokorlar tomonidan belgilangan dori-darmonlarni qabul qilishga bo‘lgan imkoniyatlari uch baravar kam.

2019 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlardan biri shuni ko‘rsatdiki, nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachasiga muhtoj bo‘lgan jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning atigi 26,9 foizi ulardan foydalangan. Ushbu tadqiqot ishtirokchilarining deyarli yarmi (43,6 foizi) nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yordamchi vositalar va xizmatlarga muhtojligini ta’kidlagan. Respondentlarning 21,5 foizi bu vositalardan foydalanishga imkonli bo‘lgani holda, ularning atigi 2,8 foizi tegishli davlat muassasalaridan ushbu vositalarni olgan.

Gender omil va nogironlik

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar soni 2007 yildagi 408,9 ming nafar xotinlar va 16 yoshgacha bo‘lgan 68,8 ming nafar qizlardan 2019 yilga kelib 295,5 ming nafar xotinlar va 48,8 ming nafar qizlarga kamaygan (taqqoslash uchun: 2019 – yilda 398,4 ming nafar nogiron erkaklar va 62,519 nafar nogiron bolalar).