Suhbatni tinglab yoki öqib (rus tilida) siz quyidagilarni bilib olasiz:

  • Tadbirkorlar va ekspertlarning soliq xizmatlariga qanday da’volari bor?
  • Nima uçun Soliq qömitasi soliq qonunçiligini buzganlikda ayblanmoqda?
  • Qanday qilib QQS tölovçilarining uçdan bir qismi “quvğin-kompaniyalar”ga aylandi?
  • Nega ekspertlar Soliq qömitasi öz harakatlari bilan biznesni soyaga olib boradi, deb hisoblaşadi?

Şokir Şaripov, jurnalist: Birinçi savol, hurmatli mehmonlar, bunçalik noroziliklarning sababi nima? Nima böldi özi sohada?

V. Srapionov: Dekabr oyi oxiridan boşlab Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarori kuçga kirdi. Bu qaror hozir hammaning oğzida. Qaror yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişga qaratilgan. Bu aslida mutlaqo töğri yönalişdir. Sir emaski, soyadagi aylanmalar bölgan va hozir ham bor. Şuning uçun ham, tabiiyki, tartibga soluvçi idoralar tovarlar harakati va soliqlarni hisoblaşni boşidan oxirigaça nazorat qilişni istaydi. Va buning uçun yuqorida aytib ötilgan qaror ba’zi yangiliklarni kiritadi.

Xususan:

  • mahsulot va xizmatlarning identifikatsion kodi – MXIK deb ataladigan kodlar har bir tovar obekti uçun majburiy böldi;
  • QQS tölovçilarni röyxatga oliş şartlariga tuşuntirişlar berildi;
  • kiruvçi QQS summalarini hisob-kitob qilişning mutlaqo yangi şarti paydo böldi.

Bularning barçasi yaşirin aylanmalarni kamaytirişga qaratilgani aniq va buni faqat mamnuniyat bilan qabul qiliş mumkin. Biroq bularni amalga oşiriş masalasi muvaffaqiyatli keçmayapti. Buni köplab savollar, tortişuvlar misolida köriş mumkin.

MXIKdan foydalaniş haqida allaqaçon xabarlar bölgan. Bu röyxat har kuni yangilanadi. Ehtimol, uning bunday bir martalik kiritilişiga töliq tayyorgarlik körilmagan. Bu haqiqatan ham taşkiliy va texnik jihatdan juda murakkab jarayon va uni yaxşilaş kerak.

QQS tölovçilarini röyxatga olişdagi özgarişlarga kelsak, bu özgarişlar juda köp! Ulardan ba’zilari tuşunarli, ammo ba’zilari hayrat va savollarga sabab böldi. Bu töğri iş bölib tuyuladi – xavfning ma’lum darajalari tayinlangan, unga köra soliq organlari barça korxonalarni oldindan baholaşlari va tasniflaşlari mumkin. Bunday mezonlar, albatta, soliq organlarining nazorat funksiyalarini sezilarli darajada osonlaştiradi va ularga “şubhali” narsalarga e’tibor qaratiş imkonini beradi. Ammo uşbu “xavf darajalari” QQS zaçyotlarini çeklaş uçun asos bölyapti, bu, albatta, köpçilik xöjalik yurituvçi sub’yektlarni hayratlantirdi.