“NAESMI” özi nima va Firdavs Abduxoliqov özi oçgan 19 yillik taşkilotdan nega ketdi?
|23:05 / 02.02.202252 2169 min
Kinematografiya agentligi boş direktori Firdavs Abduxoliqov sönggi kunlarda diqqat markaziga tuşib qoldi. Köpçilik uning “NAESMI” rahbarligidan ketişini yöl qöygan xatosi uçun jazo deb hisoblamoqda, biroq aslida ham şundaymi?
Arxiv suratArxiv surat
Barçasi “Sevimli” telekanalida efirga uzatilgan “Sabriya” teleserialidagi axloqsiz sahna ortidan boşlandi. Bu sahna ijtimoiy tarmoqlarda keskin bahs-munozaralarni keltirib çiqardi.
Holat yuzasidan Firdavs Abduxoliqovning özi va uning qizi Amira Raşidova (“Sevimli” boş prodyuseri) bir-biriga zid bayonotlar berişdi. Telekanal boş direktori va boş muharriri işdan böşatildi, serial namoyişi töxtatildi. Ammo şunga qaramay Firdavs Abduxoliqov bilan boğliq voqealar silsilasi davom etmoqda.
Qator lavozimlar bilan birga, Kinematografiya agentligining ham boş direktori hisoblangan Firdavs Abduxoliqov öz öğli, qizi va rafiqasiga tegişli “Sevimli” telekanaliga davlat buyurtmalarini bergani uçun ma’muriy sud kursisiga tortildi.
Bu voqealar fonida Firdavs Fridunoviç özi taşkil qilgan va oçilganidan buyon boşqarib kelgan Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (EOAVMA, maqolada rusça va ommabop qisqartmasi – NAESMI abbreviaturasidan foydalanamiz) raisligidan iste’fo berdi.
Katta ehtimol bilan bu tanqidlarga nişon böliş jarayonida ma’lum qurbonlar berişdir.
Xöş, bugun diqqat markaziga tuşgan Firdavs Abduxoliqov özi kim?
Mediaolam sari qadamlar
Abduxoliqov Firdavs Fridunoviç 1963 yilda Samarqand şahrida şifokor oilasida tuğilgan va ilk ma’lumoti böyiça filolog hisoblanadi. 1980-1985 yillarda SamDU filologiya fakultetini, 2001-2007 yillarda iqtisodiyot fakultetini bitirgan.
Ma’lum muddat yoşlarga oid taşkilotlarda işlab kelgan Firdavs Abduxoliqov 1989 yilda Özbekistondagi ilk nodavlat telekanal – STVga asos soladi
Mavzuga oid
va bu uning mediamagnatlik sari ilk odimi böladi. Ta’kidlaş joiz, STV faoliyati ham aynan axloqsiz sahnalar tufayli töxtatilgan.
Keyinçalik u nodavlat gazetalar sari dastlabki qadamlarni qöyadi – avval rus tilida, keyin özbek tilida “Darakçi” gazetalarini oçadi. Sobiq ittifoq qolipidagi matbuotdan çetlaşiş, köngiloçar ma’lumotlar va şou-biznesni yoritişga asoslangan bu naşrlar öz davrida juda ommabop bölib ketadi (rusçasi örtaça 100 ming, özbekçasi 200 ming adadda çop etilardi) hamda Firdavs Abduxoliqovning keyingi loyihalariga mustahkam iqtisodiy zamin yaratadi.
Siyosiy karera
Samarqandda öziga yaraşa ta’sirga ega şaxslardan biriga aylangan Firdavs Abduxoliqov poytaxt sari yöl oladi va 1998-1999 yillarda Özteleradiokompaniya raisining örinbosari vazifasida işlaydi. 1999 yilda u Oliy Majlis deputatligiga saylanadi va 2004 yilgaça faoliyat olib boradi. Deputatlik bilan birga, prezident matbuot xizmatida boş konsultant vazifasini ham bajarib kelgan.
2019 yilning 12 sentyabrida u prezident qarori bilan “Özbekkino” Milliy agentligi boş direktori etib tayinlanadi. Keyinçalik bu taşkilot Özbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi.
Bu yerdagi faoliyati köp ötmay sohada işlab kelayotgan yuzdan oşiq ijodkorning unga qarşi norozilik xati yozib, hukumatga yöllagani bilan tilga tuşdi.
Qator taniqli şaxslar “Özbekkino”ga rahbarligida 5 oy işlagan Firdavs Abduxoliqovni kinematografiya sohasini rivojlantiriş örniga sohaga aloqador bölmagan faoliyat bilan şuğullanib kelayotgani, muassasada tadbirbozlik köpaygani, mablağlar örinsiz sarflangani, köp yillik tajribaga ega xodimlar çetlatilib, ularning örniga kino sohasidan yiroq bölgan, rahbarga qaraşli kadrlar yuqori lavozimlarga tayinlangani, şuningdek, boş direktor örinbosarlari va tajribali mutaxassislar fikriga bepisandlik bilan qaraş yoki ularning taklif va mulohazalari umuman inkor etilişidan norozilik bildirişgan.
Gulnora Karimova bilan boğliqlik
Eng ommabop nodavlat naşr bölgan “Darakçi”ni Toşkentga köçirib kelgan va poytaxtda ham qator OAVlar faoliyatini yölga qöygan Firdavs Abduxoliqov bu paytga kelib mediaolamda tezkor faollaşa boşlagan Gulnora Karimova bilan yaqin aloqada böladi. Islom Karimovning qiziga tegişli Fond Forum bilan boğliq qator loyihalarni amalga oşirgan va juda köp tadbirlarda birga bölgan Firdavs Abduxoliqov mazkur jarayonlarni öz nazorati ostidagi OAVda faol yoritib keladi.
Bu paytga kelib Gulnora Karimova iştirokidagi tadbirlar juda haşamat bilan ötkazilar va TV Markaz, Forum TV, SofTS, NTT kabi telekanallarda qayta-qayta namoyiş etib kelinardi.
Ammo Gulnora Karimova otasi Islom Karimovning ğazabiga uçraşi ortidan bu telekanallarning barçasi birdaniga faoliyatini töxtatdi. Voqealar jarayonida “Darakçi” ham ma’lum muddat çop etilmay qoldi. Gulnora Karimova qamoqqa ravona qilinganidan keyin Firdavs Abduxoliqov “Gulnoraning toş-tarozisi” sarlavhali maşhur maqolasini e’lon qildi. Unda şunday satrlar bor:
“...U [Gulnora Karimova] himoyasi ostidagi kişilardan özining jinoiy tuzilmalari va obro‘-e’tiborini asrab qoliş yölida foydalanişdan ham toymadi. Xususan, Şveytsariya hukumati uning moliyaviy tuzilmalariga aloqador şaxslarni qamoqqa olganida, u “Ayollar kengaşi” vakillaridan maxsus jadval asosida Şveytsariya Konfederatsiyasi elçixonasi oldida piket uyuştirişni talab qildi. Bu işga oxirigaça rozi bölmaganlarni ayab ötirmadi.
Şunda odamlar sud mojarolari va uzunquloq ovozalar şunçaki tasodif emasligini, balki ularning barçasi Gulnoraning özi ham kutmagan noxuş oqibatlar ekanini tuşunib yetişdi. Uning tarafdorlari va tobelaridan bir qator OAV va elçixonalarga nisbatan “ğazabnok” imzolar töplandi.
Faollarning katta qismi uning jamoasini tark eta boşlagaç, u boşqaça yöl tutdi: ommaviy axborot hujumlariga qarşi öz himoya qobiğini yanada mustahkamlaş borasida tegişli körsatmalar beriş uçun tökin dasturxonlar ustida turli “dilkaş” suhbatlar uyuştirdi. Ana şunday suhbatlar natijasida yuzaga kelgan tungi yiğinlardagi nihoyasiz hayqiriq va xitoblar Gulnora qanday bölmasin özini oqlaşga, keng jamoatçilik oldidagi obro‘-e’tiborini tiklaşga jon-jahdi bilan urinayotganini körsatardi.
Öşa paytlarda hatto bir guruh yoşlarni uning nomini oqlaşga yönaltirilgan ommaviy tadbirlarga jalb etişdi. Ammo, endilikda bu harakatlardan közda tutilgan maqsad şunçaki moliyaviy manfaatlarni asrab qolişdan boşqa narsa bölmagani oydek ravşan. Gulnoraning şaxsan özi internet tarmoğida zarur axborot oqimi uçun yoş jurnalistlarni saralab, maxsus guruhlarni şakllantirar, ularning faoliyatini özi nazorat qilardi. Mazkur guruh moderatorlari Gulnoraning ismini qoralaşga intilayotganlarga qarşi nafratomuz “postlar”ni öqdek yoğdirişardi...”
NAESMIdagi faoliyat
Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi 2003 yilda taşkil etilgan va uning boşida ham Firdavs Abduxoliqov turgan. Öşa yilning 3 dekabr kuni 50 dan ortiq nodavlat tele va radiokanallar rahbarlarining umumiy yiğilişida kuçlarni birlaştiriş hamda umumiy taşkilot ostida birlaşiş taklifi bir ovozdan ma’qullanadi. 2004 yilning yanvarida rasman röyxatdan ötgan taşkilotga bir ovozdan saylangan Firdavs Abduxoliqov raislik qila boşlaydi.
Bu yillarning öziga xosligi şundaki, hali internet rivojlanmagan, mahalliy teleradiokanallar reklamalar, turli xil interfaol öyinlar, uyali aloqa kompaniyalari bilan hamkorlikdagi SMS loyihalardan topiladigan daromad evaziga rivojlanib borişardi. NAESMI hududiy telekanallarning eng yaxşi lavhalarini jamlab, markaziy telekanal kontentini ham yaratgandi.
Ammo sönggi yillarda viloyatlardagi nodavlat teleradiokanallar moliyaviy jihatdan juda qiyin ahvolga tuşib qolişdi va köpçiligi yopilib ham ketdi. Oldin muvaffaqiyatli ğoya sifatida körilgan, umumlaştirib turgan NAESMIning özi telekanallarga yordam körsatişga majbur bölib qoldi. Bu jarayon ayni paytda ham davom etmoqda.
Xulosa qiliş mumkinki, Firdavs Abduxoliqovning bu lavozimdan öz xohişi bilan ketişi aslida uning uçun u qadar katta yöqotiş emas. Lekin bu ketişdan maqsad ommaning nazariga öziga xos jazo sifatida taqdim etiş bölgani ehtimolini ham inkor etib bölmaydi.