Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi taqdim etgan hujjatlar Boş prokuratura tomonidan örganib çiqilib, Kinematografiya agentligi boş direktori Firdavs Abduxoliqovga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida iş qözğatilgan.

Ma’muriy iş belgilangan tartibda körib çiqiş uçun 25 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça sudga yuborilgan. Bu haqda boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Sud majlislariga oid oçiq ma’lumotlar portalida körsatilişiça, Abduxoliqov MJtKning 175-8-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Mazkur moddaning 4-qismiga köra, davlat xaridlari jarayonidagi affillanganlik va manfaatlar töqnaşuvi haqida davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilikda belgilangan tartibda xabar bermaslik mansabdor şaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigaça (5,4 milliondan 8,1 million sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Sud majlisi 2 fevral kuni jinoyat işlari böyiça Çilonzor tumani sudida sudya Ja’far Kurbanov raisligida körib çiqiladi.

Mazkur keys Özbekistonda yuqori lavozimli davlat amaldorining manfaatlar töqnaşuviga yöl qöygani uçun javobgarlikka tortilişi bilan boğliq birinçi şov-şuvli holat bölmoqda.

Özbekistonda davlat xaridlariga oid qonunçilikni buzganlik, xususan manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyganlik uçun ma’muriy javobgarlik ötgan yili joriy qilingan. Avvalroq Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilaş böyiça taklif işlab çiqqandi.

Eslatib ötamiz, Kun.uz 20 yanvar kuni Firdavs Abduxoliqov atrofidagi manfaatlar töqnaşuvi haqida xabar bergan edi. Maqolada “Sevimli” telekanaliga milliy seriallar işlab çiqariş böyiça davlat buyurtmalari berilgani, telekanal egalari esa mazkur holatda davlat buyurtmaçisi – Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqovning oila a’zolari ekani haqida söz yuritilgandi.