Şikoyatning e'tiborli jihati şundaki, uni «Özbekkino» boş direktori birinçi örinbosari Şuhrat Rizayev, boş direktor örinbosari Nizom Mahmudov, «Özbekfilm» direktori Fotih Jalolov, Özbekiston kinoarboblar uyuşmasi raisi Matyoqub Matçonov, Alişer Navoiy nomidagi kinosaroy direktori Bahrom Ötanov, «Mulstudiya» direktori Sevara Tölaganova, «Respublika kinofondi» direktori Şuhrat Umarov, şuningdek, Hilol Nasimov, Jahongir Qosimov, Sarvar Karimov, Abduxalil Mingnorov, Akbar Bekturdiyev kabi rejissyorlar va kino san'atiga aloqador jami 109 kişi imzolagan.

Murojaatçilar 2019 yil sentyabrida «Özbekkino»ga rahbar etib tayinlangan Firdavs Abduxoliqov hozirgi kunda kinematografiya sohasini rivojlantiriş örniga sohaga aloqador bölmagan faoliyat bilan şuğullanib kelayotgani, muassasada tadbirbozlik köpaygani, mablağlar örinsiz sarflangani, köp yillik tajribaga ega xodimlar çetlatilib, ularning örniga kino sohasidan yiroq bölgan, rahbarga qaraşli kadrlar yuqori lavozimlarga tayinlangani, şuningdek, boş direktor örinbosarlari va tajribali mutaxassislar fikriga bepisandlik bilan qaraş yoki ularning taklif va mulohazalari umuman inkor etilişidan norozilik bildirişgan.

Şuningdek, murojaatda agentlik markaziy apparatiga şartnoma asosida bir qator xodimlar, jumladan xorij fuqarolari noqonuniy ravişda yollangani va ularga agentlik faoliyatining barça yönalişlarida ştatdagi xodimlar faoliyatini nazorat qiliş huquqi berilgani, fuqarolik-huquqiy şartnomalar asosida yollangan işçilarning bajaradigan vazifalari aniq belgilab berilmagani hamda ularning oylik maoşlari ştatdagi xodimlar maoşlaridan bir neça baravar köproqligi aytiladi.

Bundan taşqari, murojaatda agentlikning xalqaro munosabatlardagi faoliyati xususida ham söz yuritiladi. Jumladan, xatda 2019 yilning dekabr oyida Butunrossiya davlat kinematografiya instituti bilan 400 ming AQŞ dollariga şartnoma imzolangani e'lon qilingani, biroq BDKI rektori mazkur şartnomani ahamiyatsiz va keraksiz ekanligini ta'kidlab, institut şartnomani talabalarning özi bilan imzolaşini bildirgani haqida vajlar keltiriladi.

Şuningdek, kinoijodkorlar joriy yilning mart oyida ommaviy axborot vositalarida «Koronavirus pandemiyasi tufayli umumiy qiymati 25 million AQŞ dollarini taşkil etgan kinoloyihalar töxtatildi» deb tarqatilgani ham yolğonligini ta'kidlaşgan.

Murojaatni yöllaşdan asosiy maqsad milliy kinematografiya sohasini xarob qilişdan saqlab qoliş ekani qayd etilgan.

Kun.uz muxbiri murojaatda aks ettirilgan vajlar böyiça izoh oliş maqsadida «Özbekkino» Milliy agentligi direktori bilan telefon orqali boğlandi. 

Firdavs Abduxoliqov yaqin vaqt içida uşbu masala yuzasidan bayonot berişini ma'lum qildi.