Chor Minor hovlisida boqilgan qo‘ylar: mas’ullar bu holatni rad etishmoqda
Buxoro shahridagi 200 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan obida - Chor Minor darvozasi hududida qo‘y boqilgani haqidagi videolavha ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi va muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Rusiyzabon mahalliy turistlardan biri tasvirga olib tarqatgan videoda ko‘rinishicha, Chor Minor majmuasi hovlisidagi bostirma ostida qo‘ylar uchun qo‘ton qurilgan va bu joyda qo‘ylarning qumalog‘i ham ko‘zga tashlanib turibdi. 4-5 chog‘li jonivor esa hovliga haydab qo‘yilgan.
Videoga javoban Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi o‘z munosabatini e’lon qildi.
«O‘rganish natijasiga ko‘ra, Chor Minor madrasasi va uning atrofidagi hudud ayni paytda ozoda ekani, bu yerda hech qanday qo‘yxona mavjud emasligi va videoda aks etgan holat haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘ldi», — deyiladi rasmiy munosabatda.
Boshqarma o‘zining 27 yanvar kungi raddiyasida tasvir 2,5-3 yil avval suratga olinganini ham da’vo qiladi va madrasa joylashgan «Alisher Navoiy» MFY raisi Shahnoza Kamolovaning so‘zlarini keltiradi.
«Ayol 2,5 yildan buyon ushbu mahallada ishlab kelmoqda va bu davr ichida ko‘rsatilgan joyda qo‘yxona mavjud bo‘lmagan, videodagi holat 3 yil oldin kuzatilgan», — deyiladi boshqarma munosabatida.
Holbuki, Kun.uz o‘z surishtiruvida aniqlashicha, videotasvir mutlaqo yangi — u 2022 yilda, yanvar oyida suratga olingan.
Videoda yaqqol ko‘ringan, qo‘ylar uchun qo‘ton sifatida foydalanilgan bostirma osti tozalab qo‘yilgan, oxur ham qayoqqadir yo‘qotilibdi. Shuning uchun qo‘y tezagining hidi kelmayotgandi. Biroq toshdan tiklangan devorda qo‘ylarning ishqalanishidan qolgan yag‘ir izlar hamon ko‘zga tashlanib turgandi. Demak, yaqin orada bu yerda qo‘y boqilgani haqiqatdan uzoq ma’lumot emas.
Biz ushbu hududda ishlovchi xodimlardan birini masala yuzasidan suhbatga tortdik. Shu majmuada qorovul bo‘lib ishlayotgan Mansur Safarovning aytishicha, qo‘ylar ikki bosh bo‘lgan. Ma’raka qilib so‘yish uchun 2 oycha ilgari keltirilib, shu yerga bog‘lagan.

«U qo‘ylar allaqachon ma’rakada so‘yilib, go‘shti tarqatilib ketdi», — dedi u, voqea yaqinda yuz berganini yuzaki tasdiqlagan holda.
Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Mahmudov qo‘y boqilgani haqida tarqalgan xabarlarni haqiqatga mos emas, deb atadi. Hududda mol yoki qo‘y boqish uchun sharoit yo‘qligi, shu sababli bu yerda uy hayvoni boqib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Boshqarma boshlig‘i ayrim xabarlarda majmua hududidagi tandir ham tanqid ostiga olinganini aytib, bu tandirda non yopilmasligi, shunchaki imitatsiya uchun qurib qo‘yilganini aytdi. Shuningdek, u jurnalist va blogerlar bilan hamkorlikka doim tayyorligini ma’lum qildi.
Albatta, tarixiy shaharlarimizdagi mavjud boy madaniy merosimiz, tarixiy obidalarimizni ko‘z qorachig‘idek asrash — barchaning, eng avvalo, o‘sha hududda yashovchilarning burchidir. E’tiborsizlik, loqaydlik, hurmatsizlik esa eng avvalo xorijlik sayyohlar oldida bizni uyaltiradi. O‘ylaymizki, bu voqeadan nafaqat Buxoro, balki hamma joydagi mas’ullar o‘ziga tegishli xulosa chiqaradi.
Darvoqe, Senatning 23-yalpi majlisida tasdiqlangan qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 132-moddasiga qo‘shimcha kiritilib, davlat muhofazasiga olingan moddiy-madaniy meros obektlarini nobud qilish, buzish, juda katta miqdorda zarar yetkazgan holatda 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanmoqda.
Shuhrat Shokirjonov, jurnalist
Tasvirchi va montaj ustasi: Faxriddin Hotamov
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil G‘azoga yana gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berdi
Jahon | 10:24
-
"O‘zbekinvest" Ispaniya va Italiyadagi muzokaralar natijasida yangi xalqaro sheriklikka qadam tashladi
O‘zbekiston | 10:20
-
Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
O‘zbekiston | 10:00
-
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 09:57
Mavzuga oid

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi

22:21 / 08.05.2025
Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi

18:38 / 28.04.2025