Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 3 ming talaba Telegram orqali o‘qitilgani ma’lum qilindi
Qashqadaryo viloyatida joylashgan OTMlarda 3 ming nafar talaba Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘qitilgan. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbarlari boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarini kompleks o‘rganmoqda. Bugun, 2022 yil 3 fevral kuni viloyatdagi mavjud 6 ta oliy ta’lim muassasasini tanqidiy, tahliliy o‘rganish jarayonlari nihoyasiga yetgan.
O‘rganish davomida ijobiy ishlar bilan birgalikda bir qator kamchiliklar sodir etilgani aniqlangan. Jumladan, Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyati qoniqarsiz deb topilib, direktor, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va o‘quv-metodik boshqarma boshlig‘iga masofaviy ta’limni tashkil qilishda yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun hayfsan berilgan. Muammolarni bartaraf etish uchun uch oylik muddat berilgan
Ta’lim uchun yaratilgan maxsus platformalar bo‘lgan holda mazkur OTMda o‘qituvchilar talabalarni Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘qitgan.
"Bugun masofaviy ta’lim uchun yaratilgan ko‘plab maxsus platformalar bo‘laturib, uch ming nafar talabani telegram orqali o‘qityapsizlar. Hamma narsa telegramda. Oliy ta’lim muassasasining o‘z platformasi yo‘qmi? Bu nima ahvol?” – deya holatni tanqid qilgan A.Toshqulov.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Qashqadaryo viloyatidagi 6 ta OTMda talabalarning umumiy soni 51 431 nafarni tashkil qilmoqda. Professor-o‘qituvchilarning umumiy soni 2 779 nafarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
16:02 / 15.07.2026
Qashqadaryoda ham jazirama sabab og‘ir yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklanadi
10:09 / 15.07.2026
Qashqadaryoda uchta bankka oid firibgarlik holati aniqlandi
09:25 / 15.07.2026
2026 yilda OTMga qabul keskin oshirildi
17:32 / 10.07.2026