Jahon | 20:07 / 04.02.2022
9684
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya hukumatining talabi bilan Deutsche Welle teleradiokompaniyasining Moskvadagi byurosi faoliyatini to‘xtatdi

Avvalroq Germaniyada RT DE telekanalining efirga uzatilishi taqiqlangandi.

Foto: AP

Deutsche Welle teleradiokompaniyasi Rossiya hukumati talabi bilan faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, muxbirlik punkti xodimlari juma kuni oxiriga qadar Rossiya tashqi ishlar vazirligining talabiga ko‘ra akkreditatsiyalarini topshiradi.

DW rus xizmati xodimi Irina Filatova Moskvaning bu qarori tahririyatni shok holatga tushirganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday bo‘lishini hech kim kutmagan.

Deutsche Welle direktori Peter Limburg Rossiya hukumatining bu qarori ustidan sudga shikoyat qilishini bildirdi.

Avvalroq Germaniyada RT DE telekanalining efirga uzatilishi taqiqlangandi. 3 fevral kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi bunga javob qaytarilishini ma’lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid