O‘zbekiston | 15:24 / 05.02.2022
1063
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda beton to‘siqqa urilgan Spark yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi

Namangan-Toshkent yo‘nalishida Spark rusumli avtomashinasini boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, YTH 30 yanvar kuni soat 03:20 larda, Farg‘ona halqa yo‘lining 34 km.da, “Orom” MFY hududida yuz bergan. Natijada, avtomashinada 1974 yilda tug‘ilgan ayol yo‘lovchi bosh miya yopiq shikasti, qo‘shma shikast tashxisi bilan shifoxonada ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, 1 fevral kuni vafot etgan.

Bundan tashqari, avtomobil ichida bo‘lgan vafot etgan ayolning qizi peshona sohasi yirtilishi, chap oyoq son suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan qiz bosh miya yopiq shikasti, qo‘shma shikast tashxisi bilan, Namangan shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro ko‘krak qafasining ezilishi, o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid