O‘zbekiston | 14:32 / 08.02.2022
9488
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘chaga tashlab ketilgani aytilmoqda

Nukus shahrining eski shahar qismida yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘chaga tashlab ketilgan. Bu haqda Qoraqalpog‘istondagi ijtimoiy tarmoqlarda yozilmoqda.

Xabar qilinishicha, voqea bugun, 8 fevral kuni tungi soat 03:00 lar atrofida yuz bergan. Instagram’dagi Fivecity.karakalpakstan'ga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloq kindig‘i bog‘lanmasdan ko‘chaga tashlab ketilgan.

Xabarda aytilishicha, voqeaga guvoh bo‘lganlar 103 qisqa raqamiga murojaat qilgan. Shundan keyin tez yordam bo‘limidan Ikram Jumaniyazov kelib chaqaloqqa birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Chaqaloq o‘g‘il bolaligi, og‘irligi 3 kg 700 gramm ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Kun.uz holatga oydinlik kiritish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi SVV va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bilan bog‘landi. Rasmiylar vaziyatni to‘liq o‘rganib, batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilishdi.

Mavzuga oid