Jahon | 21:07 / 08.02.2022
29510
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Putinning «yoqadimi-yoqmaydimi - chidash kerak, go‘zalim» degan iborasiga javob qaytardi

Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Ukraina borasida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida mazkur iborani ishlatgandi.

Foto: TASS

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putinning «yoqadimi-yoqmaydimi — chidash kerak, go‘zalim» degan so‘zlariga javob qaytardi.

Ukraina prezidenti «ibora muallifi uni yaxshiroq tushunishi uchun» rus tilida gapirishini aytdi.

«Shubhasiz, Rossiya prezidenti bilan bahslashilmaydigan narsalar bor. Ukraina haqiqatan go‘zal. Ammo «im» qo‘shimchasi ortiqcha», — dedi u.

Zelenskiy shuningdek, Ukraina «sabrli, chunki sabr qilish donolik» ekanligini qo‘shimcha qildi.

Putinning yuqoridagi iborasi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralar chog‘ida yangragandi

«Agar Ukraina NATOga qo‘shilsa va Qrimni harbiy yo‘l bilan qaytarib olsa, Yevropa davlatlarining barchasi o‘zi istamagan holda mojaroga jalb etiladi. Agar yadroviy urush boshlansa — g‘oliblar bo‘lmaydi. Ukraina Minsk kelishuvlariga rioya etishi kerak: yoqadimi-yoqmaydimi — chidash kerak, go‘zalim», degandi u.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid