Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST rivojlangan mamlakatlarni pandemiyaga qarshi kurashish uchun 16 mlrd dollar ajratishga chaqirdi
Pandemiya boshlanganidan buyon 4,7 mlrddan ortiq testlar olingan, ammo kambag‘al mamlakatlarda atigi 22 mln test olingan.
Foto: Getty Images
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yuqori va o‘rta daromadli mamlakatlarni ACT-Accelerator pandemiyaga qarshi kurashish dasturini moliyalashtirish uchun 16 mlrd dollar ajratishga chaqirdi.
ACT-Accelerator dasturi 2020 yil aprelda yo‘lga qo‘yilgan. Uning asosiy maqsadi koronavirusga qarshi testlar, vaksinalar va dori vositalari bilan ta’minlashda boy va kambag‘al mamlakatlar o‘rtasidagi tengsizlikni yo‘q qilishdir.
Dasturning umumiy hajmi 23,8 mlrd dollarni tashkil etadi, ishtirokchi mamlakatlar 814 mln dollar o‘tkazgan.
JSSTning ma’lumot berishicha, pandemiya boshlanganidan buyon 4,7 mlrddan ortiq testlar olingan, ammo kambag‘al mamlakatlarda atigi 22 mln test olingan, bu jami miqdorning 0,4 foiziga teng. Kambag‘al mamlakatlarda aholining bor-yo‘g‘i 10 foizi vaksinaning hech bo‘lmasa bir dozasini olgan.
JSST bu tengsizlikka barham berish uchun boy mamlakatlarni zudlik bilan 16 mlrd dollar o‘tkazishga chaqirdi. Bu mablag‘ birinchi navbatda 600 mln doza vaksina, 700 mln test, 120 mln nafar bemorga dori vositalari, 433 kub metr kislorod sotib olish, 1,7 mln nafar sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashga sarflanadi.
JSST qolgan 6,5 mlrd dollarni o‘rta daromadli mamlakatlardan olishni mo‘ljallamoqda.
Mavzuga oid
20:13 / 19.05.2026
Dunyo yangi global pandemiya ostonasida turibdi – JSST va GPMB
18:48 / 16.05.2026
Hantavirusning tarqalishi jiddiy emas va tez orada barham topishi kerak – JSST
18:50 / 08.05.2026
JSST hantavirusning dunyo bo‘ylab tarqalish xavfi pastligini ma’lum qildi
14:51 / 22.04.2026