O‘zbekiston | 22:49 / 09.02.2022
9078
3 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda uch kunda 16 nafar hokim o‘rinbosari tayinlandi

7-9 fevral kunlari Qoraqalpog‘istondagi shahar va tuman hokimlarida 16 nafar hokim o‘rinbosarlari tayinlandi.

Foto: KUN.UZ

Rashid Salayev Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

G‘ulomjon Duysenbayev Amudaryo tumani hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Kazi Undaliyev Mo‘ynoq tumani hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Qabilbek Aytbayev Nukus shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;

Eldar Davletov Qonliko‘l tumani hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Sarvar Urazaliyev Nukus tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;

Tursinbay Atashov Nukus tumani hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

To‘rebay Nurtayev Shumanay tumani hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Jahongir Shamuratov Beruniy tumani hokimining o‘rinbosari-mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga;

Ibraxim Babajanov Kegeyli tumani o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Eldor Kojanov Ellikqal’a tumani hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Atabek Atadjanov To‘rtko‘l tumani hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Najimatdin Paxratdinov Xo‘jayli tumani hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘lim boshlig‘i lavozimiga;

Quralbay Xojalepesov Mo‘ynoq tumani hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Baxadir Djanabayev Xo‘jayli tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;

Murat Jumabayev Mo‘ynoq tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishgan.

Eslatib o‘tamiz, 4-fevral kuni Qoraqalpog‘istondagi 9 nafar hokimga yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlar tayinlangandi

Mavzuga oid