Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish yoshi uzaytirildi
“Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qo‘shimchalarga muvofiq, nogironlik pensiyalari Chernobil AESdagi avariya oqibatida III guruh nogironi bo‘lgan shaxslarga ham to‘lanadi. Ilgari faqat I va II guruh nogironlariga to‘lanishi belgilangandi.
Oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari (bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar) yoshi 18 yoshgacha etib belgilandi. Ilgari 16 yoshgacha edi.
O‘quvchilar va talabalar o‘qishi davomida, 23 yoshgacha boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olishi mumkinligi belgilandi. Ilgari 18 yoshgacha edi.
Bolani parvarishlash ta’tilining ish stajiga qo‘shiladigan davri 6 yil etib belgilandi. Ilgari jami 3 yildan ko‘p bo‘lmagan davr kiritilgan.
Mavzuga oid
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
15:41 / 03.02.2026
Kambag‘allik chegarasidagi oilalarga nafaqa va yordam 6 oyga tayinlanadi
09:12 / 10.01.2026
Homiladorlik nafaqasi bo‘yicha yangi tartib: rasmiy munosabat e’lon qilindi
15:29 / 27.12.2025